KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

KRISTOFER MARLO IJODIDA SHARQ MAVZUSI (MARLO DRAMATURGIYASINING IJTIMOIY, TARIXIY VA BIOGRAFIK OMILLARI)

Authors: Tursunova Madina Toshpo‘lat qizi

Published: Oktabr 25, 2026 • Vol. 3 Issue 13 • pp. 114–125 • Views: 3

Ushbu maqolada ingliz Uygʻonish davrining oʻziga xos xususiyatlari va ushbu davr yetakchi dramaturgi Kristofer Marlo ijodi tahlil etilgan. Adib dunyoqarashi shakllanishida Kanterberi shahri va Kembrij universiteti muhitining oʻrni atroflicha yoritiladi. Tadqiqotda yozuvchining “Karfagen malikasi Dido” hamda “Maltalik yahudiy” fojialari qiyosiy-tarixiy tamoyillar asosida keng tadqiq qilinadi. Asarlardagi mifologik obrazlar, syujet va motivlarning qadimgi Shumer, Yaqin Sharq mifologiyasi hamda Qurʼondagi Qorun qissasi bilan tipologik oʻxshashliklari ilmiy jihatdan ochib berilgan. Muallif dramaturgiyasida Gʻarb va Sharq sivilizatsiyalari chorrahasidagi oʻzaro madaniy aloqalar, transmadaniy tushunchalar hamda Sharq mavzusining oʻrni va gumanistik mohiyati maqolada toʻliq isbotlab berilgan.