KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TIBBIY ATAMALARNING TUZILISHI: INGLIZ VA O‘ZBEK TIBBIYOT TERMINOLOGIYASINING QIYOSIY TAHLILI

Authors: Turaqulova Oysulton Normurodovna

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 14 Issue 7 • Views: 1

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tibbiy terminologiyasining strukturaviy xususiyatlari qiyosiy-lingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki turli tipdagi (analitik va agglutinativ) tillarda tibbiy atamalarning shakllanishi, ularning semantik barqarorligi va tarjima jarayonidagi o‘rni haqida tizimli tahlil beriladi. Bunda terminologik tafovutlar ko‘p hollarda tarjima aniqligini pasaytiradi va terminlarni o‘rgatish jarayonida tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi. Maqolada Wüsterning terminologik yondashuvi va Saussure semiyotikasiga tayanilgan holda, terminlarning morfemik tuzilishi, etimologik ildizlari va semantik ekvivalentligi tahlil qilinadi. Tavsifiy va qiyosiy tahlil metodlari yordamida o‘zbek va ingliz tibbiy terminlarining shakllanishi va qo‘llanilishi o‘rganiladi. Maqolaning ilmiy natijasi shundan iboratki, ingliz tilidagi atamalar ko‘proq standartlashtirilgan bo‘lib, grek-lotin ildizlariga asoslanganligini; o‘zbek tilida esa terminlar asosan tavsifiy yoki rus hamda boshqa tillardan olinganligini ko‘rsatadi. Maqolaning asosiy xulosasi shundan iboratki, tibbiy terminlarning tuzilishi va kelib chiqishini chuqur anglash, tarjima aniqligini ta’minlash, ikki tilli ta’lim jarayonini yengillashtirish va kasbiy tibbiy muloqot samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.