KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK-QORAQALPOQ-OZARBAYJON ADABIY ALOQALARIDA MAXTUMQULI MAQOMI

Authors: Sapaeva Feruza Davlatovna

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 18 Issue 7 • Views: 1

Mazkur maqolada Maxtumquli merosining oʻzbek-qoraqalpoq-ozarbayjon adabiy aloqalarida Maxtumquli maqomi xususida baʼzi qaydlar haqida fikr-mulohaza bildiriladi. Mumtoz matnlar tarjimasida qardosh oʻzbek-turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon adabiy aloqalarida Maxtumquli maqomi, xususan mumtoz sheʼriy yoki nasriy matnlar tarjimasi, tarixi, ularni ilmiy tadqiqot sifatida oʻrganish, adabiy-madaniy aloqalar tarixini yoritishda, adabiy taʼsir shakllari, ularning oʻzaro diffuziyasi, adabiy anʼana va unga munosabat masalalari ochib berildi. Shoir asarlari tarjimasi borasida oʻzbek, qoraqalpoq, ozarbayjon olimlari katta ilmiy natijalarni qoʻlga kiritgani va hozirga qadar Maxtumqulining boy merosini oʻrganish va tarjima etish ishlari izchil davom etayotgani dalillandi va ularning poetik tasvir vositalari hamda maʼno qatlamlarining oʻzaro uygʻunligi ochiqlandi. Maqolada Maxtumquli asarlarini qardosh tillarga tarjima qilgan mutarjimlarga bildirilgan baʼzi mulohazalar tahlillangan. Maxtumquli ijodidagi tasviriy ifodalar – obrazlarning badiiy uslub shakllanishidagi oʻrni hamda poetik uygʻunlashuvi yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqolada oʻzbek, qoraqalpoq, ozarbayjon va turkman adabiy aloqalari ham uzoq tarixiy ildizlarga ega ekanligi, ushbu xalqlarning umumiy madaniyati, tili va turmush tarzi bilan bogʻliqligi haqidagi tadqiqotlar xususida ham bahs yuritildi.