EMILI BRONTE IJODIDA PSIXOLOGIK DRAMATIZM VA SHAXSLARARO ZIDDIYATLAR TALQINI
Authors: Rashidova Feruza Rasulovna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 16 Issue 7 • Views: 1
Ushbu maqolada Emili Brontening “Momaqaldiroqli dovon” romanidagi psixologik dramatizm fenomeni estetik, semantik va kontekstual mezonlar asosida kompleks tahlil qilinadi. Asarda asosiy urg‘u Keti va Xitkliff obrazlari orqali namoyon bo‘ladigan ichki ruhiy ziddiyatlar, insoniylik va hirs o‘rtasidagi ontologik qarama-qarshilik, shaxsiy ehtiroslar va ijtimoiy me’yorlar to‘qnashuvi kabi masalalarning badiiy talqiniga qaratilgan. Muallif tabiat tasvirlari bilan obrazlar ruhiy holatlari o‘rtasidagi semantik uyg‘unlikni tahlil etar ekan, ushbu bog‘liqlik Bronte psixologizmining emotsional chuqurligini kuchaytiruvchi vosita sifatida talqin etiladi. Shuningdek, gotik poetika – qorong‘u makonlar, arvohlar, sirli atmosferalar – psixologik dramatizmni vizual va simvolik jihatdan boyituvchi elementlar sifatida ochib beriladi. Tadqiqotda Bronte uslubi Sharlotta Bronte, Jorj Eliot va Anton Chexov ijodi bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning Viktoriya davri adabiyotida inson psixikasining chuqur va nazoratsiz qatlamlarini ifodalashda innovatsion yondashuv namoyon etgani ilmiy asoslanadi. Roman badiiy-psixologik tafakkurning yuqori bosqichi sifatida talqin qilinadi.