ALISHER NAVOIY IJODIDA TARIXIY SHAXS OBRAZINING BADIIY XUSUSIYATLARI
Authors: Pardayeva Iroda Mamayunusovna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 15 Issue 7 • Views: 1
Tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini adabiyotshunoslikda doimiy dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bu masala, avvalo, tarixiy haqiqat bilan badiiy haqiqat oʻrtasidagi nisbatni tushunish va tarixiy shaxsning badiiy obrazga aylanish jarayonini anglash zarurati bilan bogʻliqdir. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatining ijtimoiy-siyosiy konteksti uning tarixiy shaxslarga boʻlgan munosabatini belgilagan. Shoir tarixni oʻrganishga, tarixiy shaxslar hayotidan saboq chiqarishga daʼvat etadi. Ayniqsa, “Xamsa” dostonlarida tarixiy shaxslar obrazlari orqali maʼnaviy tarbiya, axloqiy yetuklik va insoniylik gʻoyalari badiiy talqin topgan. Xususan, “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar shunchaki tarixiy shaxs emas, balki ilm-fan homiysi, adolatparvar hukmdor va komil inson sifatida ifodalanadi. Navoiy ushbu obraz orqali oʻz davrining ideal hukmdori timsolini yaratishga intiladi. Maqolada Alisher Navoiy dostonlarida tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi; ularda ifodalangan adolat, donishmandlik, axloqiy poklik, ijtimoiy masʼuliyat kabi gʻoyalar badiiy-falsafiy yondashuv asosida ochib beriladi. Tarixiy obrazlarning ramziy, didaktik va ijtimoiy-maʼnaviy yuklamalari aniqlanadi hamda dostonlarning voqeaviy va kompozitsion tuzilmasidagi oʻrni yoritiladi.