KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

BHAKTI ADABIYOTIDA BADIIYAT MASALALARI

Authors: Muhibova Ulfatxon Uchqunovna

Published: May 24, 2025 • Vol. 13 Issue 6 • Views: 1

Hind adabiyotini davrlashtirishda oʻrta asrlar davri bhakti adabiyoti nomi bilan yuritiladi. Ushbu nomning kelib chiqishiga shu davrda xalq oʻrtasida keng tarqalgan, xalq manfaatlari yoʻlida shakllangan bhakti diniy-islohotchilik harakati va ushbu harakatning adabiyotga taʼsiri natijasida vujudga kelgan mazmunan va hajman juda boy adabiy meros tushuniladi. Ushbu maqolada bhakti adabiyotidagi badiiyat masalasiga eʼtibor qaratiladi. Bunda shu davrda bhakti harakati tufayli xalq tilidan adabiy tilga aylangan braj va avadxi tillari, ularning oʻz davrining yetakchi ijod tiliga aylangani va bunda bhakt shoirlarning alohida oʻrni va hissasi baholab oʻtiladi. Shuningdek, badiiy asarlardagi til va uslub masalasi, shu davrda keng tarqalgan sheʼriy va nasriy janrlar, ularning oʻziga xos jihatlari, bhakti sheʼriyatida qoʻllanilgan sheʼriyat kategoriyalari, xususan, rasa, alankar va dxvani kategoriyalari bhakt shoirlar ijodi misolida ochib beriladi. Bhakti davri shoirlari ijodini oʻrgangan taniqli adabiyotshunos olimlarning bhakt shoirlar va ularning asarlari haqidagi muloxazalari ham keltirib oʻtiladi.