KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

SHARLOTTA PERKINS GILMANNING “SARIQ DEVOR GULQOG’OZI” HIKOYASIDA RUHIY KASALLIK TASVIRI

Authors: Sadullayeva Nazokat Kuvondiq qizi

Published: Avgust 24, 2024 • Vol. 9 Issue 3 • Views: 1

Maqola Sharlotta Perkins Gilmanning “Sariq devor gulqog’ozi” asarida aks etgan ruhiy kasallik ifodasini roviy-muallif, ramziylik va obrazlar tizimi tahlili orqali o’rganishga bag’ishlangan. Asarda tasvirlangan bosh qahramon obrazining ruhiy xastaligi hamda turmush o’rtog’i John bilan munosabati misolida 1800 yillar so’ngida jamiyatda hukmron bo’lgan ayollar ruhiy salomatligiga nisbatan zulmkor munosabat yoritilgan. Tadqiqotda immanent tahlil vositasida bemorni yolg’iz qoldirish, tizimli parhez va qat’iy rejimga asoslangan “ihotalab davolash” deb nomlangan shifo turi badiiy o’rganilgan. Shuningdek, maqolada tibbiyotda avtonomiya masalalari ham muhokamaga tortilgan. Tadqiqot xulosalari Gilmanning asarlari bugungi kunda gender masalalari, ruhiy xasta insonlarga ijtimoiy to’g’ri munosabat shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oxir oqibat, “Sariq devor gulqog’ozi” jinnilik tasviri orqali xastalikni emas, balki ayollik e’tirozi orqali erkinlikni taqdim etadi, so'zlar orqali ayollik o'zini ifodalaydi, bu esa noma'lum ayol qahramonga kuch beradi. Adabiyotda ruhiy kasallikning tasviri o‘tgan va so‘nggi yillarda muhim mavzu bo‘lib kelgan. Jismoniy kasallik har doim mualliflar tomonidan o‘z adabiy asarlarida tadqiq qilingan va tasvirlangan, hissiy azoblanish qo‘rquvi esa ruhiy kasallik mavzusini yorituvchi adabiyotlarning ko‘payishiga olib keldi. Sharlotta Perkins Gilman, XX asr boshlarida badiiy va publitsistik asarlar yozuvchisi, ruhiy kasalliklar tasviriga taalluqli asarlarga keng ta'sir ko‘rsatadigan kuchli badiiy hikoyani yaratish uchun o‘zining ruhiy tushkunlik bilan kurashidan foydalandi.