KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

MO‘JIZAVIY REALIZM AMERIKA ADABIYOTI TALQINIDA

Authors: Muxammedova Nilufar Eliboyevna

Published: Avgust 24, 2024 • Vol. 8 Issue 3 • Views: 1

Mazkur maqolaning maqsadi XX asr Lotin Amerika adabiyotida shakllangan mo’jizaviy realizmning o’ziga xos xususiyatlarini badiiy asar tahlili misolida ochib berishdan iborat. Dastlab san’at yo’nalishidan shakllangan mo’jizaviy realizm adabiyotga ko’chib o’ziga xos bo’lgan adabiy yo’nalish sifatida keng yoyildi. Uning xususiyatlarini keng tahlil etgan xorij adabiyotshunoslari unda folkloristik elementlar ham aks etishini isbotlashga urindilar. “Mo‘jizaviy realizm” badiiy uslub sifatida o’z xususiyatlarini Lotin Amerikalik adiblar asarlarida kuzatildi va adabiyotshunoslar e’tiborini tortgan holda qizg’in munozaralarga sabab bo’ldi. Adabiyotshunoslar nafaqat Lotin Amerika adiblari asarlarida yangi ijodiy uslub xususiyatlarini tahlilga tortdilar, balki AQSh adabiyoti namoyondalari asarlariga murojaat qildilar. XX asr Amerika adabiyotini tadqiq qilgan adabiyotshunoslar AQSh adabiyotida ham mo’jizaviy realizm yo’nalishida yaratilgan asarlar anchagina ekanligini ta’kidlaydilar. AQSh adiblari mo’jizaviy realizm xususiyatlarini o’z asarlarida turli shakllarda namoyon etganligini kuzatish mumkin. Mo’jizaning ifoda etilishi va asar g’oyasiga ta’sir qilishi romanlar tahlilida keng yoritildi. Mazkur maqola mo’jizaviy realizm yo’nalishida yaratilgan roman tahlili orqali mo’jizaning real hayot manzarasida qanday aks etganligini ochib beradi. Amerikalik adib Jon Apdayk o’z ijodida yangi ruhdagi asarida mo’jizaviy realizmga xos bo’lgan xususiyatlarni keng ifoda eta oldi. Yozuvchi mazkur uslubda yaratilgan asarida folklor elementlar, mif va ertaklardan samarali foydalanadi va ularning hozirgi zamon talqinini taklif etadi. Adib yaratgan “Braziliya” asarida mo’jiza va real hayot manzarasi uyg’unlikda tasvirlanganini ko’rishimiz mumkin. Mif syujetiga asoslanib yaratilgan yangicha asarda kitobxon bevosita mif, zamonaviy hayot va ekzotik tabiatga guvoh bo’ladi.