KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ TILINI O‘QITISH JARAYONIDA TRANSPORT SOHASIGA OID TERMINLARNI TADBIQ ETISH USULLARI

Authors: Turobov Jaxongir Ravkat o‘g‘li

Published: Avgust 24, 2024 • Vol. 11 Issue 3 • Views: 1

Ushbu maqolada bo‘lg‘usi transport mutaxassislari tomonidan ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonida temir yo‘l sohasiga oid terminlar bilan ishlash tartibi tahlil etilgan. Temir yo‘l sohasiga oid terminlarning tasnifi va uning qo‘llanilish tartibi yoritib berilgan. Ingliz tili temir yo‘l terminologiyasi lingvistik nuqtai nazardan til leksikasining bir qismini tashkil qilib mazmun va struktur xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chet tili o‘qitish metodikasi lingvodidaktikaning ajralmas qismi bo‘lib, terminlarni o‘qitishda ularning lingvistik xususiyatlarining ahamiyati borasida fikr yuritilgan. Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xorijda hamda O‘zbekistonda olib borilgan izlanishlar tahlilga tortilgan. Tahlil natijalari asosida yakuniy xulosalarga kelingan. Asosan, sohaviy terminlarning lingvistik tadqiqi O‘zbek olimlari H. Paluanova, O. Axmedov va D. Kadirbekova ishlarida chuqur o‘rganilgan bo‘lsa, Rus olimlaridan V. Leychik, L. Krysin va G. Vinokurlarning tadqiqotlari ishda nazariy asos vazifasini bajargan. Ilmiy va nazariy jihatdan o‘rganilgan adabiyotlar tahlili asosida chiqarilgan xulosalar temir yo‘llari sohasiga oid terminlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi leksik variantlarini keltirish orqali asoslangan. Shuningdek, maqolada terminlarning morfologik tuzilishi va semantik ma’nolari jihatidan qo‘llanilishi hamda ularni umumiy yasalish qonuniyatlariga ko‘ra farqlash qonuniyatlari o‘z aksini topgan. Termin yasash usullariga ko‘ra, temir yo‘l sohasida qo‘llaniladigan terminlarni tasniflash muammosiga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, sohaga oid terminlarni tasniflashning asosiy mezonlari sanab o‘tilgan va bu ishning nazariy qiymatini oshirgan. Temir yo‘l sohasidagi bo‘lg‘usi mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalari orasida muhim ahamiyat kasb etgan jihatlar eslatib o‘tilgan.