KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

XILARI MANTEL IJODI: TARIX VA “AYOL NASRI”

Authors: Nazarova Rayxon Shavkatovna

Published: Avgust 24, 2024 • Vol. 16 Issue 3 • Views: 1

Mazkur tadqiqotning dolzarbligi Xilari Mantelning tarixiy nasri keng ko’lamli jihatlarni namoyon qilishi bilan bog’liq. Adiba Angliya tarixini, ayniqsa Tyudor hukmronligi davriga chuqur nazar tashlaydi va kitobxonni tarixning o’ziga xos rang-barang olamiga olib kiradi. Hilari Mantel hokimiyat va uning murakkab ta’sirni tasvirlash uchun Tudor davrinida mavjud bo’lgan siyosiy o’yinlarni tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Adiba davr va ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-madaniy odatlariga va qadriyatlariga murojaat qiladi, o’z asarlarini kundalik hayotga xos bo’lgan tafsilotlar bilan boyitadi. Shu bilan birga maqola Hilari Mantelning tarixiy asarlari va "ayol nasri" tushunchasi o’rtasidagi munosabatga oydinlik kiritadi hamda ayol nasrining Hilari Mantel asarlaridagi tarixiy voqealar talqinida kuzatilgan ta’sirni aniqlab beradi. Shu bois maqolada ayol nasrining tarixiy janrga qanday kirib borishi, uning tarixiy qahramonlar va voqealarni idrok etishda qanday vazifani o’taganini ochib beradi. Tadqiqot metodologiyasi feministik tanqid va "ayol nasri" tushunchasini inobatga olgan holda Xilari Mantel trilogiyasidan iboratdir. Birinchi jahon urushidan so’ng ayollar ancha imtiyozlarga ega bo’lish natijasida, ayollar ziyoli bo’lishga intildilar. Angliya adabiyotida adibalar soni ko’paydi, ayollar ijod bilan shug’ullana boshladilar. 1930-yillarda ayollar tomonidan yaratilgan tarixiy romanlar soni ancha o’sdi. Adibalar o’z romanlarida turli tarixiy davrlarda ayollar duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni tasvirladilar. Ular o’z qahramonlari hayoti orqali o’tmishda ayollar duch kelgan va bugungi kunda ham duch kelayotgan muhim ekzistensial va psixologik to’siqlarga e’tibor qaratib, yangi qarashlarni yoritdilar. Maqolaning natijalari Hilari Mantelning tarixiy nasridagi "ayol nasri" ning o’ziga xos xususiyatlarini va ularning tarixiy syujet va qahramonlarni yaratishdagi ta’sirini ochib beradi.