ZAMONAVIY ARAB SHE’RIYATIGA BIR NAZAR
Authors: Hamdamov Ulug‘bek
Published: Iyun 24, 2024 • Vol. 7 Issue 2 • Views: 1
Maqola zamonaviy arab she’riyati, xususan, globallashuv davri shoirlaridan biri Solih Zamananning o‘zbek tiliga tarjima qilingan she’riyatining tadqiq va tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek she’riyatida kechgan yangilanishlar bilan muqoyasa qilinadi. Bugun butun dunyoni qamrab olgan globallashuv jarayoni jahon adabiyotida bir talay jiddiy o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Zamonaviy arab she’riyati ham bundan mustasno emas. Solih Zamanan she’riyati esa ana shu salmoqli evrilishlarni o‘zida mujassam qilgan, ayni paytda, shakl va mazmun mundarijasiga ko‘ra o‘ziga xos she’riyatdir.