KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TARIXIY OBRAZ: GENEZIS VA TIPOLOGIYA

Authors: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich

Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 30 Issue 1 • Views: 1

Ushbu tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy “Xamsa”si badiiy tizimida muhim o‘rin tutadigan tarixiy obrazlarning uch tipi – ideal tarixiy obrazlar, real tarixiy obrazlar va metaforiklashtirilgan tarixiy obrazlar masalasini ilmiy tadqiq etishdan iborat. Shunga ko‘ra, tadqiqotda ayni obrazlarning “Xamsa”dagi besh doston doirasida badiiy talqin etilishiga xos estetik tamoyillar jahon adabiyotshunosligi kontekstida tahlil qilingan. Ideal tarixiy obrazlar, ularning ichki tarmoqlanishi, besh doston tarkibida takrorlanishining poetik ahamiyati, muallif badiiy maqsadi va estetik idealini ifodalashdagi o‘rni haqida fikr yuritilgan. Asarda eng ko‘p murojaat etilgan ideal tarixiy obraz – Muhammad alayhissalom obrazlarining tarixiy xronotop nuqtayi nazaridan egallagan poetik qamrov doirasi, etik hamda estetik maqomi dostonlardan olingan aniq iqtiboslar tahlili asosida isbotlangan. Shuningdek, Qur’oni karimda nomlari zikr etilgan boshqa Payg‘ambarlar (a.s.), to‘rt buyuk sahoba obrazining (r.a.) Muhammad alayhissalom obrazlari balan mazmun va badiiyat jihatidan uyg‘unligi masalasiga alohida to‘xtalingan. Navoiyning uch buyuk salafi – Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy; hukmdor shaxslar – Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Badiuzzamon, Shog‘arib Bahodir obrazlari real tarixiy obraz, “muallif obrazi”, Xizr alayhissalom, Iskandar Zulqarnayn kabi obrazlar metaforiklashtirilgan tarixiy obraz tiplari sifatida talqin etilgan.