KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

KASBIY TAʼLIMDA OʻQITISH TEXNOLOGIYASINI LOYIHALASH

Authors: Zaripov Lochin Rustamovich

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 13 Issue 7 • Views: 1

Maqolada professional yoʻnaltirilgan taʼlim texnologiyalarini loyihalashning nazariy va metodologik asoslari, ularning amaliy joriy etish bosqichlari hamda zamonaviy taʼlim tizimidagi oʻrni atroflicha ilmiy tahlil qilingan. Muallif talabalarda professional kompetensiyalarni shakllantirishning samarali mexanizmlarini, jumladan, oʻquv maqsadlarini aniq belgilash va didaktik jarayonni shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida texnologiyalashtirish zaruratini asoslab beradi. Tadqiqotda modul asosidagi oʻqitish, mustaqil ishlar va amaliy mashgʻulotlar talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishi hamda ularni professional faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishi taʼkidlangan. Shuningdek, maqolada pedagogik faoliyatni loyihalash, oʻquv materiallarini strukturaviy jihatdan tashkil etish hamda aniq belgilangan algoritm asosida maqsad qoʻyish va baholash bosqichlarini tashkil etish zaruriyati yoritilgan. Professional yoʻnaltirilgan taʼlimni gumanizatsiyalash va talaba markazli interaktiv metodlarni keng joriy etish zamonaviy taʼlim islohotlarining ustuvor yoʻnalishlari sifatida koʻrsatib berilgan.