REY BREDBERI VA ISAJON SULTON ASARLARIDA GʻARB VA SHARQ MADANIYATI
Authors: Yuldoshova Shaxnoza Azimboyevna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 17 Issue 7 • Views: 1
Mazkur maqolada Rey Bredberi va Isajon Sulton ijodiga tayanib, Gʻarb va Sharq madaniyatlarining badiiy tafakkurdagi ifodasi komparativ yondashuv asosida tahlil qilinadi. Asarlar orqali ikki madaniyat vakillarining olamni idrok etishi, axloqiy-estetik qadriyatlarga munosabati va badiiy timsollar orqali berilgan g‘oyaviy-falsafiy yo‘nalishlari ochib beriladi. Bredberi asarlarida texnologik taraqqiyot, shaxs va jamiyat munosabatlaridagi falsafiy o‘ylar Gʻarb madaniyati kontekstida talqin etilsa, Sulton asarlarida inson ruhiyatidagi e’tiqodiy tushunchalar, milliy o‘zlik va ma’naviy izlanishlar Sharqona qarashlar asosida ifodalanadi. Maqolada madaniyatlararo tafakkurning fantastik asarlardagi badiiy ko‘rinishlarini qiyosiy tahlil qilish orqali, global muammolarni milliy adabiy tafakkur orqali qanday yoritilishi mumkinligini tahlilga tortiladi. Tadqiqot natijalari badiiy matnlar orqali madaniy qarashlar va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining estetik ifodasini namoyon etadi. Maqolada “Fahrengeyt bo‘yicha 451 daraja” hamda “Boqiy darbadar” asarlari misolida madaniy o‘ziga xoslik, shaxs va jamiyat munosabatlari, madaniy xotira va zamonaviylik muammolari ko‘rib chiqiladi. Mualliflar madaniyatlararo muloqotining badiiy funksiyalari tahlil qilinib, bu jarayonda motiv, obraz va metaforalar qanday ishlatilishini badiiy mezonlar asosida yoritiladi.