KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

PROFESSOR BOLTABOYEV TADQIQOTLARIDA FITRAT IJODINING YETAKCHI XUSUSIYATLARI

Authors: Vositov Shavkatjon Abdivaxabovich

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 13 Issue 7 • Views: 1

Mazkur maqolada professor Hamidulla Boltaboyevning ilmiy merosi asosida Abdurauf Fitrat ijodining badiiy va ijtimoiy xususiyatlari tahlil etiladi. Asarda Fitratning oʻzbek adabiyotidagi tutgan mavqei, uning asarlarida ifodalangan milliy tafakkur, jamiyatga munosabat va zamonaviylik gʻoyalari Boltaboyevning konseptual qarashlari asosida yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – Fitratning badiiy asarlarini ijtimoiy-madaniy kontekstda talqin qilgan Boltaboyevning metodologik yondashuvini ochib berish hamda uning til, uslub va badiiy tafakkurdagi yangiliklarga bergan bahosini ilmiy asosda tahlil qilishdir. Tadqiqot obyekti sifatida professor Hamidulla Boltaboyevning ilmiy faoliyati va uning Fitratshunoslikdagi oʻrni belgilab olingan. Maqolada Boltaboyevning Fitrat asarlariga tarixiy va estetik yondashuvi, adabiy jarayonlarga bergan baholari, shuningdek, adabiyotshunoslikda qoʻllagan ilgʻor metodlari tahlil qilinadi. Fitratning adabiy merosini zamonaviy ilmiy mezonlar asosida sharhlagan Boltaboyev qarashlari orqali Fitrat asarlaridagi uslubiy xususiyatlar, tildagi yangilanishlar va milliy gʻoyalar keng yoritiladi. Maqola Boltaboyev ilmiy faoliyatining oʻzbek adabiy tanqidchiligidagi ahamiyatini koʻrsatish bilan birga, Fitrat asarlarini yangi ilmiy yondashuvlar asosida talqin etish yoʻllarini ham ochib beradi.