“BRASS MAN” ROMANIDA KIBORG OBRAZINING INSONIYLASHUVI VA POSTINSONIY TALQINI
Authors: Umarkulova Munira Zakhidjan kizi
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 18 Issue 7 • Views: 1
Mazkur maqolada britaniyalik ilmiy-fantast yozuvchi Nil Asherning “Brass Man” (“Mis odam”) romanidagi janob Kreyin obraziga bag‘ishlangan adabiy-falsafiy tahlil o‘rin olgan. Janob Krey — texnologik va biologik o‘rtasida joylashgan kiberorganizm bo‘lib, u postinsoniy (posthuman) identifikatsiya timsoli sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda uning asar davomida bosqichma-bosqich insoniylashuvi jarayoni tahlil qilinadi, shuningdek, postgumanizm, kiberinson konsepti va sun’iy intellektning adabiy aks etishiga oid etik masalalar ko‘rib chiqiladi. Matnga asoslangan tahlil orqali janob Krey avval boshda hissiz va sovuq “mis maxluq” sifatida tasvirlangani, ammo syujet taraqqiyoti davomida murakkab va axloqiy jihatdan yetuk obrazga aylanishi ko‘rsatib beriladi. Uning gibrid tabiati ilmiy-fantastik adabiyotda shaxsiylik va axloqiy ong kabi tushunchalarni yoritishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt va robot obrazlarining ilmiy-fantastik adabiyotdagi poetik va ramziy funksiyalarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi, hamda texnologik taraqqiyot kontekstida insoniyat va axloqiy subyekt to‘g‘risidagi qarashlarni qayta ko‘rib chiqishga zamin yaratadi. Shu tariqa maqola adabiyot, falsafa va texnologiya chorrahasidagi zamonaviy ilmiy izlanishlarga o‘z hissasini qo‘shadi.