FENTEZI ASARLАRI SЕHRLI DUNYОSIDA RЕАLISTIK UNSURLARNING BADIIY TАLQINI
Authors: Tursunova Mohira Ilxomjanovna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 11 Issue 7 • Views: 1
Mazkur maqolada zamonaviy fentezi janrining badiiy-estetik mohiyati, uning poetik strukturalari va estetik funksiyalari tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi J.K.Rouling qalamiga mansub “Harri Potter” turkum asarlari misolida real va fantastik olamlarning sintezi asosida yaratilgan poetik modelning estetik mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Muallif zamonaviy fentezi janrining shakllanishida realizm elementlari va ijtimoiy-madaniy kontekst bilan bogʻliq autentik tafsilotlarning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratadi. Xususan, Rouling tomonidan yaratilgan xayoliy universumning ichki qonuniyatlari, aksiologik ishonarliligi, va oʻquvchi ongida qabul qilinadigan darajadagi mantiqiy asoslar bilan taʼminlangani nazariy tahlil asosida ochib beriladi. Maqolada M.M.Baxtinning xronotop konsepsiyasi, poetik tahlil usullari hamda intertekstual yondashuv asosiy metodologik mezonlar sifatida tanlanib, asarlarning zamon va makon koordinatalari, syujet strukturalari va ideologik semantikasining oʻzaro bogʻliqligi tahlil qilinadi. Olib borilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, zamonaviy fentezi janrining badiiy jozibasi aynan realistik komponentlar bilan uygʻunlashgan holda fantastik makon va zamon konstruksiyasi orqali vujudga keladi. Tadqiqot xulosasida esa, fentezi janrida ishonchli va estetik jihatdan mukammal poetik model yaratish uchun xayoliy voqeliklarning ichki mantiqi real hayot qonuniyatlari bilan muvozanatli uygʻunlashuvi zarur ekani ilmiy asosda isbotlanadi.