NORMAN MEYLER VA SHUHRAT ASARLARIDA MUALLIF USLUBINING QIYOSIY TAHLILI
Authors: Suyunova Maftuna Doʻsqobil qizi
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 16 Issue 7 • Views: 1
Ushbu maqolada amerikalik yozuvchi N. Meyler hamda oʻzbek adibi Shuhrat ijodida muallif uslubining oʻziga xosligi, xususan, psixologizm va ekzistensializm unsurlarining uygʻunligi tahlil etiladi. Muallif tomonidan ilgari surilgan muammo urushdan keyingi inson ruhiyatining badiiy ifodalanishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topa olmagan insonlar ruhiyatidagi ichki kurash, vijdon va axloqiy tanlovning badiiy talqini kabi dolzarb masalalarni adabiy tahlil obyekti sifatida oʻrganishdan iborat. Har ikki adib asarlarida inson ruhiyati, ijtimoiy muhitga nisbatan ichki kechinmalarning tasviri, shuningdek, shaxs va jamiyat oʻrtasidagi murakkab ziddiyatlar chuqur ifoda topgan. Tadqiqotda adabiy tahlil, qiyosiy-tarixiy, psixologik yondashuv metodlari asosida asarlar oʻrganilgan. Meyler asarlaridagi “ichki monolog”, birinchi shaxs tilidagi hikoya, parodiya va metafora kabi uslubiy xususiyatlar bilan Shuhrat asarlaridagi vatanparvarlik, ruhiy iztirob va falsafiy-metaforik ifodaning badiiy tahlili olib borilgan. Maqolada bu ikki adibning badiiy olami va uslubiy yondashuvlari qiyosiy jihatdan oʻrganiladi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Shuhrat va N. Meyler asarlarida inson ruhiyatiga chuqur kirib borish, ichki kurashlarni badiiy tilda ifodalash orqali zamonasi jamiyatidagi muammolarga adabiy javob berish kuzatiladi. Ularning har biri oʻz uslubi va dunyoqarashi orqali inson va jamiyat oʻrtasidagi murakkab ziddiyatlarni sanʼat darajasida yoritishga erishgan.