JАHON АDАBIYOTSHUNOSLIGIDА ONА OBRАZIGА YONDАSHUVLАR
Authors: Raximova Umida Soliyevna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 14 Issue 7 • Views: 1
Maqolada jahon adabiyotshunosligida ona obrazining oʻrganilishiga doir asosiy nazariy yondashuvlar keng tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ona timsoli adabiy matnlarda faqat tarbiyaviy yoki axloqiy tushunchalargina emas, balki ijtimoiy, madaniy va psixoanalitik nuqtayi nazardan ham koʻp qirrali obraz sifatida namoyon boʻlishi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada ona obrazining turli madaniy va tarixiy kontekstlarda qanday talqin etilishi ham alohida eʼtiborga olingan. Jumladan, Preselfanni U. Makdeniels tadqiqotlarida zamonaviy Amerika adabiyotida ona–qiz munosabatlari orqali onalik mehnati konsepsiyasi yoritilgan boʻlsa, Shveta K. Kapur izlanishlarida Viktorian davri adabiyotida onaning yoʻqligi orqali institutsional gʻamxoʻrlik tizimining shakllanishi ochib beriladi. Brennan Burksning tahlillarida esa ona obrazi xotira, istak va shaxsiy oʻsish jarayonlari bilan uzviy bogʻliq holda talqin qilinib, uning psixologik va estetik jihatlari keng koʻrsatib berilgan. Qiyosiy tahlillar natijasida ona obrazi turli adabiy makonlarda bir vaqtning oʻzida universal va mahalliy xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirishi aniqlangan. Bu esa onalik mavzusining badiiy asarlarda jamiyat, shaxs va madaniyat oʻrtasidagi murakkab oʻzaro munosabatlarni ochib beruvchi markaziy tushuncha sifatida xizmat qilishini koʻrsatadi. Shu tariqa maqola ona obrazini nafaqat badiiyestetik, balki ijtimoiy va madaniy fenomen sifatida oʻrganishning dolzarbligini ilmiy asosda yoritib beradi.