INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA IJTIMOIY CHEGARALANGAN LEKSIKANING STRUKTUR SEMANTIK HAMDA STILISTIK XUSUSIYATLARI
Authors: Raimova Nafosat Olimovna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 14 Issue 7 • Views: 1
Mazkur maqolada ijtimoiy chegaralangan leksika tushunchasi, uning tarkibiy, semantik va stilistik xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Ijtimoiy chegara bilan cheklangan soʻzlar guruhlari – jargon, slang, argot va tabu leksika turli ijtimoiy guruhlarning oʻziga xos til unsurlari sifatida koʻrib chiqiladi. Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tillarida keng tarqalgan misollar asosida ijtimoiy leksikaning kommunikativ, ekspressiv va identifikatsion funksiyalari ochib beriladi. Ijtimoiy chegaralangan leksika – bu maʼlum bir ijtimoiy guruh yoki qatlam tomonidan ishlatiladigan, oʻziga xos leksik birliklar majmuasi boʻlib, u tilning umumiy leksik fondidan ajralib turadi. Bunday leksika tilning madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstida shakllanadi hamda maʼlum bir guruhning oʻziga xos dunyoqarashi, urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettiradi. Ingliz va oʻzbek tillarida ijtimoiy chegaralangan leksikaning struktur, semantik va stilistik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish tilshunoslikning muhim yoʻnalishlaridan biridir, chunki u tilning ijtimoiy funksiyalarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu maqolada ijtimoiy chegaralangan leksikaning struktur-semantik hamda stilistik tomondan hamda ijtimoiy chegaralangan leksikaning aynan struktur semantik va stilistik muammolari ilmiy nazariy koʻrib chiqiladi.