CEFR MEZONLARI ASOSIDA XORIJIY TIL OʻQITISHNING INGLIZ VA ARAB TILLARIDAGI QIYOSIY TAHLILI
Authors: Norboyev Zafar Abdumuminovich
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 11 Issue 7 • Views: 1
Ushbu ilmiy maqolamizda CEFR maʼlumotnomasining tarixi, rivojlanish bosqichlari, CEFRning boshqa xorijiy tillarga, xususan, arab adabiy tiliga tarjima qilinishi va integratsiya qilinishidagi baʼzi holatlarning qiyosiy tahlili tavsiflangan. Ilmiy tadqiqotimiz maqsadlaridan biri boʻlgan CEFRning boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinishi natijasida vujudga kelgan muammolar va ularning qiyosiy tahlillari oʻrganilgan. Shuningdek, CEFR va uning mazmun-mohiyati arab tiliga integratsiya qilinishida vujudga kelgan til xususiyati va lingvistik muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy tadqiqotchilarning qarashlari va ilmiy xulosalari keltirilib oʻtilgan. CEFRning mezonlari ingliz va arab tillarida qiyosiy tahlillar asosida oʻrganilganligi ochib berilgan. CEFR arab tilini xorijiy til sifatida oʻqitish tizimiga moslashtirilish jarayonida til xususiyatini toʻgʻri hisobga olish integratsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilishi boʻyicha ilmiy qarashlar keltirib oʻtilgan.