KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

DETEKTIV JANR VA UNING RIVOJLANISH TADRIJI

Authors: Niyazov Ravshan Turakulovich

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 19 Issue 7 • Views: 1

Ushbu maqola zamonaviy adabiyotshunoslik nazariyasi doirasida detektiv janrining paydo bo‘lishi va rivojlanishini har tomonlama ilmiy tahlil qiladi. Tadqiqot Edgar Allan Poning XIX asrdagi janrning asos soluvchi asarlari hisoblanuvchi “Morg ko‘chasidagi qotillik” va “O‘g‘irlangan maktub”dan kabi asarlaridan boshlab, Artur Konan Doyl, Agata Kristi, Raymond Chandler, Umberto Eko, Xorxe Luis Borxes va boshqalarning hissasi orqali janrning rivojlanishini tadqiq etadi. Detektiv janr shunchaki jinoyat va tergov haqidagi hikoya emas, balki axloqiy muammolar, mantiqiy fikrlash, bilish jarayonlari va ijtimoiy qadriyatlarni aks ettiruvchi ko‘p qirrali estetik tuzilma sifatida o‘rganiladi. Maqolada janrning klassik (Po, Kristi), ijtimoiy-realistik (Hammett, Chandler), epistemologik (Borxes, Eko) va postmodern (Eko, Pinchon) yo‘nalishlari farqlanib, ularning o‘ziga xos semantik, estetik va falsafiy yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, postkolonial, gender va postmodern nazariyalarga asoslangan zamonaviy talqinlar janrni metamatnli, ko‘p qatlamli va o‘z-o‘zini aks ettiruvchi adabiy modelga aylantirganini tadqiq etadi. Pirovard natijada, detektiv janri zamonaviy madaniy va intellektual tamoyillarni o‘zida mujassam etgan dinamik badiiy shakl sifatida taqdim etiladi hamda o‘quvchining tanqidiy munosabatini rag‘batlantiruvchi estetikkognitiv vosita vazifasini bajaradi.