KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

AMIR TEMURNING DISKURSIV TALQINLARI: INGLIZ VA RUS ADABIY AN’ANALARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors: Masharipova Sadoqat Abdullajonovna

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Ushbu maqolada ingliz va rus adabiy an’analarida Amir Temur

obrazining diskursiv qurilishi ko‘rib chiqiladi, bunda nutq birliklar

funksiyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda qiyosiy

yondashuv va diskursiv tahlil orqali Temurning hokimiyati, tarixiy

nufuzi haqidagi tasavvurlarni nutqiy ifodalar qanday shakllantirishi

o‘rganilgan. Tahlilda Kristofer Marloning “Buyuk Temur” romani

bilan rus adabiy an’anasi taqqoslanadi. Marloning asarida Temur

Uyg‘onish davrining insonparvarlik g‘oyalarini mujassam etgan

notiq, “alohida qahramon” sifatida tasvirlanadi. Rus adabiyotida esa,

Temurning ovozi kamtarlik va bilvosita hikoya qilish orqali

ifodalanib, mutlaq hokimiyat, zo‘ravonlikka tanqidiy yondashish

orqali axloqiy mulohaza yuritishga yordam beradi. Natijalar shuni

ko‘rsatadiki, bu farqli diskursiv strategiyalar madaniy yo‘nalishlar va

tarixiy xotira modellariga chuqur singib ketgan. Yakuniy natijada

shuni ko’rsatadiki, ushbu tadqiqot adabiy nutqning siyosiy

hokimiyatni shakllantirishdagi ahamiyatini yoritib berib, Amir

Temur obrazini madaniyatlararo ramz sifatida keng talqin etishga

imkon beradi.