TURLI TIZIMLI TILLARDA EVIDENTSIALLIK VA EPISTEMIK MODALLIK KATEGORIYALARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Authors: Xamrayeva Maxzuna Gʻayratovna
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Mazkur maqola evidentsiallik va epistemik modallik
kategoriyalarining lingvistik interpretatsiyasini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Shuningdek, ushbu ikki kategoriyaning jahon olimlari
tomonidan berilgan ta’rif va tavsiflari keltirilgan hamda badiiy
diskursdan olingan kontekstlar tahlil qilingan. Ta’kidlash joizki,
ayrim tillarda evidentsiallik grammatik kategoriya, boshqalarida esa
leksik kategoriya sifatida qaralsa, turkiy tillarda u pragmatik
kategoriya sifatida ham talqin qilinishi mumkin. Shu bilan birga,
evidentsiallik kategoriyasi hali to‘liq aniqlanmagan tillar ham
mavjud. Evidentsiallik yordamida tinglovchi so‘zlovchi tomonidan
yetkazilayotgan ma’lumotning manbasi haqida xabardor bo‘ladi:
ya’ni so‘zlovchi voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganmi, qulog‘i bilan
eshitganmi yoki muayyan dalillarga asoslanib mantiqiy xulosaga
kelganmi bularning barchasi ikkinchi, uchinchi va boshqa shaxslarga
mantiqiy fikr sifatida uzatiladi. Xabarda bayon qilingan voqelik sodir
bo‘lgan yoki sodir bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, biroq har ikki holat
ham tinglovchi tomonidan haqiqiy ma’lumot sifatida qabul qilinadi.
Evidentsiallikni ifodalashda nafaqat idrok fe’llari, balki boshqa so‘z
turkumlari, xususan, ravish, ko‘makchi va otlar ham faol ishtirok
etishi mumkin. Mazkur maqolada ingliz, nemis, rus va o‘zbek
tillaridagi evidentsiallik va epistemik modallik kategoriyalari og‘zaki
nutq hamda badiiy diskurs doirasida qiyosiy tahlil qilingan.