KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

JON STEYNBEKNING “CHARLI BILAN AMERIKA IZLAB SAYOHAT” ASARIDA SAYOHAT MOTIVLARINING TALQINI

Authors: Dvorashina Viktoriya Sergeyevna

Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 14 Issue 8 • Views: 25

Ushbu maqola Jon Steynbekning “Charli bilan Amerika

izlab sayohat” asaridagi yo‘l motivining asosiy tarkibiy-

semantik element sifatidagi vazifasini o‘rganish orqali

travelogning motivlar majmuasini tadqiq etishga

bag‘ishlangan. Ishning maqsadi sayohat motivining matn

poetikasini tashkil etishdagi o‘rni, badiiy vazifalari va

ma’nolarini aniqlash hamda muallifning milliy borliq haqidagi

qarashlarini shakllantirishdagi ahamiyatini ochib berishdan

iborat. Tadqiqotda qo‘llanilgan motiv tahlili asarning

individual-mualliflik, madaniy-tarixiy va an’anaviy janr

xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini kuzatish imkonini

berdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Steynbek travelogidagi yo‘l

motivi o‘zaro bog‘liq motivlar - harakat, izlanish, qaytish,

adashish, yolg‘izlik, erkinlik va erksizlik majmuasida namoyon

bo‘ladi. Bu motivlar matnning ma’no tuzilishini yaxlit qilib,

muallifning ma’naviy izlanishlarini aks ettiradi. Sayohat

motivining shaxsning o‘zligini anglash va 1960-yillar boshi

Amerika voqeligini axloqiy baholash muammolari bilan

bog‘liqligi alohida e’tiborga olingan. Yo‘l motivi shaxsiy va

milliy-madaniy ma’nolarni birlashtiruvchi vazifani bajarib,

davr ijtimoiy ongidagi o‘zgarishlarni badiiy idrok etish

vositasiga aylanishi ko‘rsatib berilgan.

Xulosa qilinishicha, “Charli bilan sayohat” asaridagi

sayohat motivi nafaqat syujet rivojining asosi, balki inson,

madaniyat va millat taqdiri haqidagi falsafiy mushohada

shakliga aylanadi. Bu esa asarning dolzarbligini va unga

bo‘lgan tadqiqiy yondashuvning ahamiyatini belgilaydi.