MUALLIF UCHUN
Maqola qо‘lyozmasini taqdim etish qoidalari
Qо‘lyozmani taqdim etish.
Qо‘lyozmani taqdim etish doirasida Siz о‘zingizning asl ishingizni
jо‘natayotganingizni, shu ishga huquqingiz mavjudligini, shu ishni birinchi
marotaba ushbu jurnalda chop etish uchun taqdim etayotganingizni, bu ish boshqa
jurnal yoki nashrlarda chop etish uchun kо‘rib chiqilmayotganligini kafolatlashingiz
kerak. Maqola tahririyatga topshirilishida matnlarning originalligini aniqlash
tizimda tekshirilib, tekshirish natijalari bilan taqdim etilishi hamda ishning
originalligi 75% dan kam bо‘lmasligi kerak. Maqola barcha mualliflar tomonidan va
ish bajarilgan tashkilot tomonidan ma’qullangan bо‘lishi kerak. Tashkilotning
roziligi rahbariyatning yо‘llanma xati orqali isbotlanadi. Qо‘lyozma о‘zbek, rus va
ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Biz nimani chop etamiz?
“Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy-elektron jurnalida filologiya sohasi
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro oliy ta’lim muassasalari professor-
o‘qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan dolzarb
va ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy-amaliy izlanishlarni ilmiy maqola tarzida chop
etadi. Jurnalga kelib tushgan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va
faqat taqrizchilar tomonidan ma’qullangan ilmiy maqolalar qabul qilinadi. Jurnal
quyidagi sohalarda va mavzularda ilmiy maqolalarni qabul qiladi:
• Qiyosiy adabiyotshunoslik
• Tarjimashunoslik
• Adabiyot nazariyasi
• Jahon adabiyoti
• Chog‘ishtirma tilshunoslik
• O‘zbek va chet el adabiyoti
Jurnal chop etish uchun maqolalarning quyidagi turlarini kо‘rib chiqadi:
Ilmiy maqola sifatida:
1. Asl tadqiqot yuzasidan maqola (3000 dan 6000 gacha sо‘zdan, 15 dan ortiq havola
etilgan manbadan iborat);2. Tahliliy maqola (6000 dan 9000 gacha sо‘zdan, 60 dan ortiq havola etilgan
manbadan iborat).
Ilmiy ma’ruza tezislari sifatida:
Yuqorida keltirilgan tarmoqlar bо‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari
tо‘g‘risidagi gepotizalar bayon qilingan 1 betdan 3 betgacha ilmiy ma’ruza tezisi
(300 dan 1000 gacha sо‘zdan iborat). Ilmiy ma’ruza tezislari imkon qadar mavjud
ishlab chiqarish korxonalaridagi real muammolar va ularning yechimlariga
qaratilgan bо‘lishi tavsiya etiladi.
Taqrizdan о‘tkazish.
Jurnalda yopiq taqriz etish jarayoni amal qiladi, unda taqrizchining ismi muallifga,
muallifning ismi taqrizchiga oshkor etilmaydi. Taqrizchi о‘z hohishiga kо‘ra
taqrizda ismini kо‘rsatishi mumkin. Har bir maqola kamida ikkita taqrizchi
tomonidan о‘rganiladi. Barcha qо‘lyozmalar imkon qadar qisqa muddatlarda kо‘rib
chiqiladi, tahririyatning qarori, odatda, 4-6 hafta ichida qabul qilinadi.
Maqolani chop etishga qabul qilish tо‘g‘risidagi yakuniy qarorni tahririyat qabul
qiladi.
Nashr etish etikasi.
Jurnal akademik tadqiqotlarning muhofazasini ta’minlashga harakat qiladi.
Tahririyat “Nashriyot etikasi” qoidalariga amal qiladi. Maqolada akademik va joriy
nashrlarda chop etilgan boshqa mualliflarning va ushbu ish muallifining
materiallaridan foydalanishga yо‘l qо‘yilmasligiga harakat qilinadi. Boshqa
manbalardan olingan kichik jumlalar va gaplarga havola berilishi kerak. Tahririyat
taqdim etilgan maqolada plagiat mavjudligini tekshirish huquqiga ega.