KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

Hurmatli mualliflar!

“Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali fan nomzodlari va doktorlari, yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va  magistrantlarning qiyosiy tadqiqotlarning ilmiy-nazariy muammolari tahliliga bagʻishlangan maqolalarini eʼlon qilish uchun qabul qiladi. Tahririyatga yuborilgan materiallar jurnalning tahrir hayʼati tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Tahririyat tomonidan maʼqullangan maqolalar jurnalda eʼlon qilinadi. Jurnal elektron platformaga joylanadi va mualliflarga pdf formatda ham yuboriladi.

Jurnal yilda 4 marta chiqadi. Tahririyat taklifiga koʻra maxsus sonlar ham chop etilishi mumkin.

Maqolaning hajmi kami 10 bet boʻlishi lozim. Maqolalar Comparative Studies telegram guruhi va https://t.me/KomparativistikaIEJ_Bot boti orqali yuboriladi. 

Mualliflar taqdim etishi zarur boʻlgan maʼlumotlar:

  • Familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq).
  • Ilmiy darajasi (mavjud boʻlganda).
  • Ilmiy unvoni (mavjud boʻlganda).
  • Ish joyi va lavozimi (tashkilot (OTM) ning toʻliq nomi, shahar va mamlakat koʻrsatilgan holda).
  • Elektron pochtasi (e-mail).
  • Orcid ID https://orcid.org/ 
  • Telefon raqami (mob., uy).

Maqolani rasmiylashtirishga qoʻyilgan talablar:

  • Maqola tahririyatga Times New Roman shrifti, 14 oʻlchovda, 1,5 qator oraligʻida, chap tomondan 3 sm, yuqori va past tomondan 2 sm, oʻng tomondan 1,5 sm qoldirilgan holatda A4  formatli standart qogʻozda Word 2000-2016 dasturi, doc yoki docx formatida qabul qilinadi. Maqola www.antiplag.uz saytining qisqacha hisoboti bilan qabul qilinadi.
  • Maqola sarlavhasidan oldin UDK qoʻyiladi (https://teacode.com/online/udc/8/82.html havola orqali olish mumkin)
  • Maqolaning nomi – bosma harflarda markazda qoʻyiladi, uch tilda – oʻzbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
  • Muallifning ismi, familiyasi, otasining ismi, ish joyi, (oʻqish joyi) haqidagi maʼlumot maqola yuqori qismining oʻng tarafiga kichik harflarda kursiv bilan yoziladi va uch tilda – oʻzbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
  • Аnnotatsiyada maqolaning maqsad va vazifasi, muammoning qoʻyilishi, metodologiyani aniqlash, natija/muhokama, asosiy xulosa uch tilda boʻladi, hajmi 150-200 soʻzdan kam boʻlmasligi kerak.  
  • Kalit soʻz va iboralar – (8 tadan kam boʻlmagan) uch tilda – oʻzbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
  • Jadvallar fotosurat sifatida topshirilmaydi. Jadvaldagi har bir ustun qisqa nomga ega boʻlishi kerak. Har bir jadval matnda izohlanadi, raqamlanadi va maxsus nomlanadi.
  • Muallifning ismi-familiyasi, otasining ismi ajratilgan holda yoziladi: А. N. Veselovskiy (bu koʻrinishda maqola ichida), Veselovskiy A. N. (adabiyotlar roʻyxatida).
  • Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi: (Qahhor A., 1973, 64). 

Foydalanilgan аdabiyotlar roʻyxati lotin alifbosiga (transliteratsiya) va ingliz tiliga tarjima qilinadi. Roʻyxatga kiritilgan adabiyotlar alfavit tarzida 10 tadan kam boʻlmasligi lozim. Faqatgina maqolada foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilishi kerak. Adabiyotlar ingliz tilda APA xalqaro formatida ham beriladi. (REFERENCES)

Oʻzbek tilidagi oʻ, gʻ, q, h harflari ilmiy maqola matnida toʻliq yozilishi  shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan koʻrib chiqilmaydi! 

Maqolaning asosiy qismi quyidagi boʻlimlardan iborat boʻlishi kerak:

✅kirish; 

 Asosiy qism

✅metodlar (tadqiqot metodlari); 

✅natijalar (tadqiqot natijalari);

✅munozaralar.

Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, yangiligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari keltiriladi.

Asosiy qismda ilmiy muammoning tadqiqot metodlari, erishilgan natijalar bayon qilinadi.

Xulosa qismida esa natijalar umumlashtiriladi, yakuniy xulosalar, tavsiya va takliflar, keyingi tadqiq etiladigan yoʻnalishlar keltiriladi.

  

Yuqoridаgi tаlаblаrgа jаvob bermаydigаn mаqolаlаr tаhrirgа yuborilmаydi.

Rasmiylashtirish boʻyicha nаmunа berilgan, ushbu namunadan foydalanish tavsiya etiladi. Maqola talabga mos boʻlgandan soʻng nashr uchun toʻlov amalga oshiriladi.