INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA MORFOLOGIK USULDA YASALGAN TRANSPORT SOHASI TERMINLARI
Authors: Masharipov Jaxongir Axmedovich
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 13 Issue 5 • Views: 31
Bugungi kunda tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri boʻlgan terminologiya sohasi ushbu maqolaning markaziy mavzusidir. Maqola transport terminlarining yasalish usullaridan biri boʻlgan - affiksatsiya usuli orqali ingliz va oʻzbek tillarida transport terminlarini yasalishiga bagʻishlangan. Bunda ingliz va oʻzbek tillaridagi transport terminlarini yasashda faol qatnashadigan suffiks va prefikslar tegishli misollar orqali ifodalangan. Ingliz va oʻzbek tillarida affiksatsiya usuli yordamida yasalgan terminlar nechta tarkibdan tashkil topgani jihatidan ham tahlilga tortilgan. Ushbu transport terminlari soʻz turkumi jihatidan qaysi modellarda yasalish imkoniyatlari ham koʻrsatib oʻtilgan. Ingliz tili transport sohasiga oid boʻlgan terminlarni oʻzbek tilidagi muqobillari bilan chogʻishtirish mobaynida terminlarning leksik-semantik xususiyatlariga asosiy eʼtibor qaratilib, ularning izomorfik-allomorfik jihatlari aniqlangan. Tadqiqotni amalga oshirish uchun komponent tahlil, distributiv tahlil, tipologik va statistik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Maqolaning maqsadi ingliz va oʻzbek tillaridagi transport sohasiga tegishli terminlarning morfologik usulda yasalish imkoniyatlarini aniqlash, ikkala tildagi ushbu usulda yasalgan terminlarni farqli va oʻxshash jihatlarini aniqlash, shuningdek transport terminlarini yasashda eng samarali va faol qoʻllaniladigan prefiks va suffikslarni aniqlashdan iborat.