KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA LOGISTIKA TERMINOLOGIK TIZIMLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH

Authors: Omonova Maxfurat Keldiyarovna, Toʻxtasinova Zarina Zokirjon qizi

Published: Mart 24, 2025 • Vol. 13 Issue 5 • Views: 33

Ushbu maqola logistika atamalarini lingvistik oʻrganishga bagʻishlangandir. Terminlar nafaqat tilda, balki maʼlum bir terminologiyaning bir qismi sifatida ham qoʻllaniladi. Terminologiya ilmiy atamalar tizimi sifatida tilning umumiy leksik tizimining quyi tizimidir. Sanoat korxonalari, agrosanoat majmualari, transportda logistika boʻlimlari tashkil etilgan. Xorijiy adabiyotlarda logistika xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni xoʻjalik aylanmasida yetkazib beruvchilarga toʻlov amalga oshirilgan paytdan boshlab tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish uchun pul kelib tushgunga qadar tashish va saqlashni boshqarish jarayonini anglatadi. Ingliz tilining logistik terminologiyasida tegishli bilim sohalaridan juda koʻp miqdordagi oʻzlashtirma soʻzlar mavjud. Logistika atamalar tizimini shakllantirish jarayoniga globallashuvning taʼsiri keng. Bu jarayon ijobiy taʼsir koʻrsatadi, chunki u pirovardida atamalarni birlashtirish va standartlashtirishga olib keladi, bu ularni tushunish va foydalanishni osonlashtiradi.