MAQOLLARDA MILLIYLIK VA UNIVERSALLIK: MADANIYATLARARO QIYOSIY TAHLILLAR
Authors: Xaydarova Goʻzalxon Xamdamjon qizi
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 21 Issue 5 • Views: 32
Ushbu maqolada turli tillardagi frazeologik iboralarga eʼtibor qaratilib, maqollardagi milliylik va umumbashariyat oʻrtasidagi munosabatlar oʻrganiladi. Maqollar turli jamiyatlarning qadriyatlari va eʼtiqodlari haqida tushuncha beradi. Tadqiqotda maqollarning tarbiyaviy maqsadlarda avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan qisqa, taʼsirli iboralar sifatidagi umuminsoniy xususiyatlari oʻrganiladi. Ular butun dunyodagi turli madaniyatlarning qadriyatlari, eʼtiqodlari va tajribalarini aks ettirib, madaniy meros koʻzgusi boʻlib xizmat qiladi. Turli tillardagi maqollarni tizimli tahlil qilish orqali tadqiqotda ushbu iboralarda singdirilgan noyob madaniy elementlarni ochib beriladi. Tillardagi maqol hikmatining oʻziga xos va umumiy tomonlarini ochib berish uchun qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Globallashuv kuchayib borayotgan xozirgi davrda, ushbu tadqiqot turli tillardagi frazeologik birliklarning lingvistik manzarasidagi madaniy ifodalarning xilma-xilligi haqida qimmatli istiqbollarni taqdim etadi.