AMERIKA VA OʻZBEK MAʼRIFATPARVARILARNING ADABIYSIYOSIY QARASHLARI
Authors: Xudoyberdiyev Jasur Latipovich
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 12 Issue 5 • Views: 16
Ushbu maqolada amerika maʼrifatparchilik va oʻzbek jadidchilik harakati davri adabiyotining siyosiy masalalarni yoritishi, har ikki harakat vakillari ijodidagi adabiy-siyosiy tendensiyaga eʼtibor qaratildi. Biz XVIIIXIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy muhit va siyosiy voqelik adabiy asarlarning shakllanishiga taʼsirini tahlilga tortishga harakat qildik. Bundan tashqari, ushbu maqolada koʻrib chiqilayotgan davrdagi ayrim adabiy asarlarga chuqur nazar solib siyosiy voqealar bilan aloqasi tadqiq qilindi. Shuningdek, yozuvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va bu ular yaratgan asarlarga qanday taʼsir koʻrsatganligi atroflicha tahlil qiladi. Turfa xil siyosiy vaziyat va tendensiyalari bilan amerika maʼrifatchilik davri adabiyotini kuzatadigan boʻlsak, adabiyotda yangi janr turlarining paydo boʻlishi, oʻzbek milliy adabiyotida esa jahon adabiyoti taʼsirida turli janrlar transformatsiyani kuzatishimiz mumkin. Amerika maʼrifatchilik davri adabiyoti oʻzining turli tuman siyosiy tendentsiyalari, kashfiyotlari, adabiyotda janrlarning yangi turlarining paydo boʻlishini kuzatadigan boʻlsak, oʻzbek milliy adabiyotimizda boʻlsa jahon adabiyoti tajribalaridan kelib chiqib, yangicha maʼrifiy, ilmiy-badiiy jarayonni tashkil etilganini koʻrishimiz mumkin.