ABDULLA QAHHOR VA JEK LONDON HIKOYALARIDAGI OʻZIGA HOS, OʻXSHASH VA FARQLI JIHATLARNING QIYOSIY TAHLILI
Authors: Bahriddinov Muslimbek Muhiddinovich
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 9 Issue 5 • Views: 15
Bugungi globallashuv jarayonida barcha sohalar qatori ilm fan ham jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, adabiyot sohasidagi oʻzgarishlar sezilarli darajada oshdi. Bir millatning adabiyotidagi rivojlanish, ayniqsa, boshqa bir millat, boshqa xalq adabiyoti bilan qiyosan oʻrganilganda sezilarli darajada kuzatiladi. Oʻzbek adabiyotidagi nodir asarlarni tahlil qilish, ularning hayoti hamda ijodini oʻrganish dolzarb boʻlib turgan bir paytda, dunyoning boshqa bir chekkasidagi xalq adabiyoti bilan qiyosan oʻrganish kechiktirib boʻlmaydigan bir ishdir. Shu sababda bu sohadagi izlanishlarga hissamizni qoʻshish maqsadida o‘zbek hamda amerika adabiyotining ayrim jihatlarini qiyosan oʻrganishga jazm etdik. Ushbu maqolada ikki buyuk adiblar, o‘zbek hikoya janri ustasi Abdulla Qahhor hamda amerika adabiyoti vakili Jek London hikoyalari bir qator adabiy mezonlar yuzasidan tahlil qilinib, ulardagi ayrim oʻziga xosliklar, oʻxshash va farqli jihatlar tadqiq qilinadi. Ikki turlicha xalq adabiyoti namoyondalarining ijodi qiyosan tahlil qilinganda, bu xalqlar dini, ijtimoiy kelib chiqishi, turmush tarzi hamda yashash sharoitlarini ham oʻrganish ushbu ilmiy ishimizni muhim jihatlaridan biridir. Maqolada ushbu ikki hikoyanavis hikoyalaridagi o‘ziga hos, oʻxshash va farqli jihatlardan tashqari ayrim hikoyalari tahliliga ham toʻxtalinadi.