KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

XIX-XX ASRLAR ADABIYOTIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING TADQIQI

Authors: Lokteva Nadejda Mixaylovna

Published: Mart 24, 2025 • Vol. 12 Issue 5 • Views: 23

Ushbu maqolada XIX-XX asrlardagi ikki amerikalik yozuvchilarning asarlarini taqqoslash jarayonida, L.M. Alkot va A. Tayler ijodidagi insonparvarlikning umumiy mavzusi va uning oilaviy anʼanalarni saqlab qolishdagi roli kabi masalalar tahlil etiladi. Tadqiqot maqsadi turli davrlardagi amerikalik yozuvchilarning shajara (oilaviy) janridagi romanlarni qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada ushbu romanlarni oʻrganishga tahliliy va tarixiy yondashuv qoʻllanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, turli davrlardagi amerikalik yozuvchilarning oilaviy yilnomalar janridagi asarlari birinchi marta taqqoslanmoqda. Maqolada oila yilnomasi (xronikasi) janri, uning tamoyillarining oʻziga xosliklari va alohida oilalar haqida jahon adabiyot tadqiqotlarida ko’tarilgan masalalar koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda oilaviy munosabatlar mavzusi toʻliq va asosli shaklda, bugungi zamonaviy adabiyot na’munalarigacha bo’lgan davrdagi asarlar asosida batafsil ochib berilgan. Oilaviy qadriyatlarni shakllantiruvchi jihatlar oʻrganilgan davrda yashagan amerikalik oilalar bilan taqqoslanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, oila nafaqat jamiyatga nisbatan umumiy qarashlarni oʻstirdi, balki asta-sekin oilaviy anʼanalarni ham rivojlantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi.