KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

CHET TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI

Authors: Yusupov Otabek Yakubovich

Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 15 Issue 4 • Views: 24

21-asrda tezkor globallashuv ko‘p tilli muloqotga bo‘lgan talabni nihoyatda oshirdi va chet tillari hamda tarjima amaliyoti shu nuqtai nazardan muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishga va tarjima amaliyotiga raqamli texnologiyalar va innovatsion usullarni integratsiya qilishning ahamiyati yoritilgan. Unda kompyuter yordamida tarjima vositalari, mashina tarjimasi va kolloborativ platformalar kabi an’anaviy metodologiyalarni samarali o‘quv jarayonlariga qanday tatbiq qilish haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, bunday ilgor vositalarni qo‘llash til mutaxassisiga samaradorligini oshirish, aniqroq bo‘lish va o‘quv jarayonini qiziqarli qilish imkonini beradi. Maqolada, shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy qo‘llanmalarga integratsiya qilish orqali talabalarning ko‘nikmalarini zamonaviy tarjima va lingvistik muloqot ko‘nikmalariga moslashishini yaxshilash yuzasidan ko‘nikmalar berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish nafaqat til kompetensiyalarini yaxshilaydi, balki talabalarning yangi global o‘zgarishlarga javob berishga tayyorligini ham oshiradi.