KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“KOʻZ” KOMPONENTLI SOʻZ BIRIKMALARINING LINGOPOETIK MASALALARI

Authors: Jumaniyazov Atabay, Toshnazarova Dilnavoz Olimovna

Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 31 Issue 4 • Views: 23

Maqolada "koʻz" komponentli soʻz birikmalarining turlari va ularning muloqotdagi qoʻllanilishi oʻrganilgan. "Koʻz" soʻzi insonning koʻrish hissi bilan bogʻliq boʻlib, bu turdagi birikmalar uch guruhga ajratilgan. Berilgan misollar morfologik, oʻzaro oʻrin almashuvi va semantik jihatdan tahlil qilingan. "Koʻz" komponentli soʻz birikmalarining semantik tahlili oʻz ichiga 8 ta kichik guruhni olgan boʻlib, misollar yordamida maʼnolar izohlanilgan. "Koʻz" soʻzi "soʻz" (til birligi) va "leksema" (shakl va mazmun jihatdan bir butun holda tekshiriladigan mustaqil maʼnoli lugʻaviy birlik sifatida) sifatida muloqotda qoʻllanilishi haqida fikrmulohazalar bildiriladi. Lekin bu leksema bilan juda toʻplangan yasama soʻzlar, qoʻshma soʻzlar, soʻz birikmalari, iboralar, frazeologik birliklar, aforizmlar, hikmatli soʻzlar va maqollar yaratilganki, ular tilshunoslikda hanuzgacha tavsif, tasnif va tahlil nuqtayi nazaridan yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Maqolada "koʻz" komponentli soʻz birikmalari haqida fikrmulohazalar bildiriladi. Maqola "koʻz" sifatlari bilan bogʻliq soʻz birikmalari, birikmalardagi koʻz funksiyalariga ishoralar, birikmalarda koʻz funksiyasining bajarilishida hissiy omillar, shuningdek, soʻz birikmalarining morfologik tahliliga ham toʻxtalingan.