KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABA YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI VA USULLARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors: Ataxanova Sayera Otkurovna

Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 20 Issue 4 • Views: 29

Jahon ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida talabalarning sog'lom tafakkurini rivojlantirish, intellektual imkoniyatlarini adekvat baholay olishga xizmat qiluvchi psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy salohiyati yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg'or bo'ladi. Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim sohasidagi huquqiy me'yoriy hujjatlarda talabalarni kreativ, tanqidiy fikrlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilm-fan va texnologiyalarning tez sur'atlar bilan rivojlanishi sharoitida uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida samaradorlikni ta'minlashda ta'lim oluvchilarning tafakkur, qobiliyatlarining rivojlanganlik darajalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Maqolada talabalarda sog'lom tafakkurni shakllantirishning samarali shakl va metodlari masalasi, sog'lom tafakkurni shakllantirish jarayonining ijtimoiy fanlar bloki tarkibidagi va auditoridan tashqaridagi ta'lim jarayoni, auditoriya ichida va uning tashqarisida qanday tashkil qilish zarurligi hamda qanday metodlardan foydalanish darkorligi masalasi ko'rib chiqilgan.