KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

SHARQ LATIFALARINING GENEZISI VA TADRIJIY TAKOMILI

Authors: Todjixodjayev Muso Muydinbayevich

Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 12 Issue 4 • Views: 34

Ushbu maqolada jahon xalqlarida yumoristik va komik mazmundagi asarlarining paydo boʻlishi va jahon tillariga tarqalishi haqida soʻz yuritiladi. Sharq latifalari Yevropada ilk Oʻrtа asrlardayoq maʼlum boʻlib, turli tantana – marosimlarda ijro etilgan. Bunday asarlar avvaliga ayrim kishilarning shaxsiy ijodi namunasi sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa, keyinchalik ular yozma adabiyotga kiritildi. Xorijiy tillarni egallashga boʻlgan intilishlarning kengayishi xalqlarning yanada yaqinlashuvi hamda maʼnaviymaʼrifiy mazmundagi asarlarning oʻzaro ayirboshlash imkoniyatlari tezlashtirdi. Sharq latifalarining oʻtkir syujeti, sodda tuzilishi, chuqur falsafiy-maʼrifiy ahamiyati, badiiy tarovati ularning oʻzga xalqlar tomonidan tez oʻzlashtirilishiga sabab boʻldi. Latifalar, avvalo fransuz qirollari uchun tayyorlangan. Dastlabki yozma yumoristik asarlar tarjimasi XVII asrning soʻnggi choragiga toʻgʻri keladi. Arab xalq ogʻzaki ijodining yorqin namunasi boʻlgan “Ming bir kecha” ertaklaridan keyin fransuz tiliga bir necha latifalar toʻplamlari ham oʻtkazildi. Olmon va fransuz tadqiqotchilari yaratgan latifalar toʻplamlari ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismga Si Joʻxa ismli arab, ikkinchi qismga esa Xoja Nasriddin ismli turk latifa qahramonlari ishtirokidagi moʻjaz hikoyatlar jamlangan.