AYZEK AZIMOV VA HOJIAKBAR SHAYXOVNING HIKOYA YOZISHDAGI UNIVERSAL VA XUSUSIY JIHATLARI
Authors: Fayzullayeva Dilfuzaxon Gʻulomjon qizi
Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 14 Issue 4 • Views: 26
Ushbu maqola Ayzek Azimov va Hojiakbar Shayxovning hikoyachilik mahorati tahliliga bagʻishlangan. Maqolada ikki yozuvchining ijodiy uslublari oʻrtasidagi oʻxshash va farqli jihatlar qiyosiy tahlil qilinadi. Ayzek Azimov amerika adabiyotining ilmiyfantastika janrining yorqin vakili boʻlsa, Hojiakbar Shayxov Ozod Sharaffidinov taʼbiri bilan aytilganidek oʻzbek adabiyotida ilmiy fantastika janrining qaldirgʻochi hisoblanadi. Ayzek Azimov amerika adabiy doirasida ilmiy fantastikani jadal rivojlanishi, uning yuqori choʻqqiga chiqishiga sababchi boʻlgan boʻlsa, Hojiakbar Shayxov ushbu janrning oʻzbek adabiyotida paydo boʻlishiga, shu bilan birgalikda rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan yozuvchidir. Maqolada A. Azimov va H.Shayxov ijodining mavzuviy oʻxshash jihatlari, insoniyat, texnologiya va kelajak kabi mavzularini yoritish mahorati, shuningdek, ularning xususiy jihatlari qiyosiy oʻrganildi. Tadqiqot metodlari sifatida qiyosiy tahlil, kontekstual tahlil va adabiy matnlarni tahlil qilish usullari qoʻllanildi. Maqolaning maqsadi ikki yozuvchi, Ayzek Azimov va Hojiakbar Shayxovlarning ijodi oʻrtasida nafaqat umumiyliklar, balki oʻziga xosliklarni hikoyalar tahlili yordamida aniqlashga qaratilgan.