NEMIS YOZUVCHISI HERTA MYUELLER ASARLARIDA BADIIY DETALLAR POETIKASI
Authors: Mamatov Ravshan Rustamovich
Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 13 Issue 4 • Views: 23
Mazkur maqolada Nobel mukofoti sovrindori nemis yozuvchisi Herta Myeller asarlaridagi badiiy detallar poetikasi tahlilga tortiladi. Badiiy asar qahramonlarining tashqi qiyofasidan tortib, ichki kechinmalari, oʻy-hayollarigacha chizib beradigan hamda asarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan asosiy komponent bu badiiy detaldir. Badiiy detal vositasida muallif butun borliqni, shamolni, yomgʻirni, jilgʻani hatto yaproqni soʻzlata oladi. Muyeller asarlarini kuzatar ekanmiz unda boshdan-oxir dardli kechinmalarning guvohi boʻlamiz. Oʻzbek adibi Oʻtkir Hoshimov har bir asar dardning mahsuli boʻlishini aytib, muallif mana shu dardni asarda aks ettirish uchun badiiy detallardan mahorat bilan foydalanishi lozimligini taʼkidlaydi. Maʼlumki, har qanday badiiy asarda muallif tomonidan turli detallar turli maqsadlarda ishlatiladi va ular asar badiiyligini oshirishga xizmat qiladi. Myeller asarlarida badiiy detallar tasvirga jiddiy eʼtibor qaratilgan va narsa, holat detallari vositasida qahramonlarining ichki tuygʻulari va ruhiyatini ishonarli tasvirlangan.