KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

NORA GOMRINGER SHEʼRIYATIDA BADIIY TASVIR VA USLUB MASALALARI

Authors: Maʼdiyeva Adiba Dovudovna

Published: Noyabr 24, 2024 • Vol. 15 Issue 4 • Views: 29

Hozirgi zamon jahon adabiyotshunosligida nazm ilmi va uning ustida tajribalar, ritm va shakllar nazariyasiga oid bilim va qarashlar kundan-kunga yangilanib bormoqda. Bugungi globallashuv jarayonida muayyan zamon va makon adabiyoti va madaniyatini alohida bir ijodkorlar asarlari misolida oʻrganish ular ijodida namoyon boʻlayotgan obrazlar, janrlar va shakllar borasidagi oʻziga xoslik, individual usul va mohirona ijod, badiiy tasvir kabi sheʼriyatning ilmiy va nazariy jihatlarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqola zamonaviy nemis-shveysariyalik shoira Nora Gomringer, uning gʻayrioddiy ijro sanʼati va ovozli sheʼriyat elementlarini oʻzida mujassam etgan oʻziga xos uslubi va eksperimental tabiatining sheʼriyatda aks etilishiga bagʻishlangan. U oʻz ijodida anʼanaviy sheʼriyat elementlarini zamonaviy sanʼat turlarini mahorat bilan uygʻunlashtiradi. Gomringer tilining nozikligi, oʻziga xos zehn va idrok sehrining ijodida yorqin va serjilo bayoni va kitobxonni soʻz bilan faol shugʻullanishga chorlaydigan noyob asarlarining badiiy oʻziga xosligi tahlilga tortilgan. Maqolaning maqsadi Nora Gomringer ijodining yorqin tasvir va ritmni mohirona qoʻllashi bilan ajralib turishi, bu uni zamonaviy nemis tilidagi adabiyotning eng koʻzga koʻringan ohanrabo ifodasi va mohiyatini oʻrganishdan iborat.