KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“MARS YILNOMALARI” VA “BOQIY DARBADAR” ASARLARINING INTEGRAL-YAXLIT YONDASHUVLI BADIIY TAHLILI

Authors: Yuldoshova Shaxnoza Azimbayevna

Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 11 Issue 1 • Views: 19

Maqola Ray Bredberining “Mars yilnomalari” va Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asarlarini integral-yaxlit yondashuvli badiiy tahliliga bag‘ishlanadi. Maqolada yaxlit yondashuvning metod va uslullari orqali badiiy asarlarning genezisi, janri, konseptual darajasi, syujet – kompozitsiya, yozuvchilarning shaxsiy va falsafiy munosabatlari qiyosiytipologik tahlili amalga oshiriladi. Badiiy adabiyotning integral tahlili ko‘pincha integral nazariyada ko‘rsatilganidek, asarning turli rivojlanish bosqichlari yoki ong darajalari orqali tekshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv asarning inson tajribasining turli tomonlarini qanday aks ettirishi va ularga murojaat qilishini yanada teran tushunishga imkon beradi. Badiiy adabiyotni tahlil qilishda integral usuldan foydalanadigan olimlar va tanqidchilar psixologiya, falsafa, madaniyatshunoslik va adabiyot nazariyasi kabi bir qator fanlar va nazariy asoslardan foydalanishlari mumkin. Ushbu turli sohalardagi g‘oyalarni sintez qilish orqali ular ko‘rib chiqilayotgan adabiy asarning yanada kengroq talqinini taklif qilishni maqsad qilgan.