JEYMS JOYS VA NAZAR ESHONQUL ASARLARI BADIIYATI
Authors: Umarova Komila Samatovna
Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 8 Issue 1 • Views: 21
Jahon adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutgan uning hozirgi zamon adabiyotlariga ko‘rsatgan ta’siri g‘oyatda ulkan va butun Gʻarb madaniyatini larzaga keltirgan irlandiyalik buyuk yozuvchi Jeyms Joys va o‘zbek adabiyotida kechayotgan yangilanish jarayonlarini hamda dunyo tajribalarini uzviylashtirgan holda nafaqat yurtimizdagi adabiyot ixlosmandlarida, shuningdek, dunyo adabiyotshunoslarida ham katta qiziqish uyg‘otgan Nazar Eshonqulning mahorati shuningdek, asarlarining badiiyati xususida so‘z boradi. Jeyms Joys va Nazar Eshonqulning asarlari o‘ziga xos uslubi, matndagi boshqotirmalari, adabiy murakkabligi bilan boshqa adiblar ijodidan keskin farq qiladi. Ularning ijodi yuzasidan bahs-munozaralar salkam yuz yildan buyon to‘xtovsiz davom etayotgani sababi ham shunda. Tanqidchi va adabiyotshunoslar uning asarlarini turli yo‘nalishlarda tahlil qilib, aksar hollarda bir-biriga butunlay qarama-qarshi xulosalar chiqarishayotir. Tadqiqot jarayonida Jeyms Joys va Nazar Eshonqulning noyob iste’dod egasi, ulug‘ yozuvchilar ekanligi va bu buyuklarning fikri, dunyoqarashi hamda orzu-umidlari bilan tanishiladi. Ularning mahorati va hayotiy tajribasi bilan yaqindan tanishish asarlarini yanada teranroq anglashga, tushunishga yordam beradi. Shularni e’tiborga olib, ulug‘ adiblarning sevib o‘qigan yozuvchilari haqidagi fikrlari havola etildi.