KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

LIRIKADA POETIK OBRAZ XUSUSIDA

Authors: Sabirova Zebo Zokirovna

Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 9 Issue 1 • Views: 24

XX asr o‘zbek she’riyatida Abdulla Oripov hamda Rauf Parfi she’riyati alohida mavqega ega. Ushbu maqolada shoirlarning uslubi, badiiy mahorati, lirik qahramon kechinmalarini zamon ruhi bilan ifodalashdagi o‘ziga xosligi haqida qisqacha fikr yuritiladi. Ijodkorning poetik obraz yaratishidagi individualligi, badiiy so‘zi yordamida inson qiyofasining ichki va tashqi olamini ifodalab berishi, ijtimoiy-tarixiy hamda adabiy jarayonni estetik kategoriya sifatida tarannum etilishi, shoirning g‘oyaviy-estetik ideali, ijtimoiy holatini o‘zida aks ettirishini ko‘rish mumkin. Ijodkor so‘zi o‘z va ko‘chma ma’no qatlamlari orqali muayyan ijtimoiyestetik maqsadga, g‘oyaga, tuyg‘uga qaratiladi. Adabiyotning, jumladan, she’riyatning inson va voqelikni badiiy o‘zlashtirish vositasi poetik obraz vazifasi orqali amalga oshadi. Ijodkor davr farzandi ekan, uning badiiy mahorati, individualligi, ijodiy niyati, uslubi taqozosiga ko‘ra poetik obraz yangilana boradi.