KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

EPOS VA ROMAN

Authors: Murodov G‘ayrat Nekovich

Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 7 Issue 1 • Views: 19

Maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romani hind eposi namunalari – “Mahobhorat”, “Ramayana” bilan tarixiy-qiyosiy asosda tekshirilgan. Mazkur asarlarning bosh qahramonlari orasida muayyan darajada yaqinlik-o‘xshashliklar mavjudligi ko‘rsatilgan. Shu asosda epos va roman orasidagi aloqa-bog‘lanishlar xususida ma’lum bir umumlashma fikrlarga kelingan. Zamonaviy taraqqiyot, ijtimoiy, madaniy, ilmiy tafakkur tadriji yutuqlari asosida badiiy adabiyot tarixini teran va atroflicha tadqiq etish, so‘z san’ati olamida yorqin iz qoldirgan yetuk badiiy yaratmalarning adabiy-poetik xususiyatlarini ilg‘or usullar asosida tadqiq etish zaruriyati jahon adabiyotshunosligi kun tartibidagi birlamchi masalalardandir. Yangi davrda insoniyat madaniyati, ilm-fani, badiiy tafakkurining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishi, inson ruhiyatining teranlashishi, murakkablashishi, yer yuzidagi xalqlarning bir-birlari bilan bo‘lgan aloqa-bog‘lanishlarining kuchayishi dunyo so‘z san’ati badiiy olamida jiddiy o‘zgarish-evrilishlarni yuzaga keltirmoqdaki, bunday xususiyatlarni tadqiq etish adabiyot ilmining dolzarb vazifasi bo‘lib qolayotir.