INGLIZ ADABIYOTIDA DISTOPIK ASAR YARATISHDA EKSPERIMENTAL IZLANISHLAR
Authors: BEGMATOVA SOHIBA MUSTAFOYEVNA
Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 14 Issue 1 • Views: 22
Maqola ingliz adabiyotida distopik romanning rivojlanish bosqichlari va bunga sabab bo‘lgan omillar, distopik asarlarning mavzusiga aylangan dunyodagi nosog‘lom ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va psixologik muhit, fan va texnikaning beqaror rivojlanish muammolari va bularni distopik asarlarda bayon etilishiga bag‘ishlangan. Ingliz adiblari Gerbert Uells, Edvard Morgan Forster, Oldos Haksli, Jorj Oruell, Antoni Berjess va Kadzuo Isigurolarning distopik asar yozish mahorati va ular tomonidan yaratilgan asarlarning badiiy o‘ziga xosligi tahlilga tortilgan. Jahon adabiyotshunoslarining ushbu mualliflar distopik asarlari xususidagi ilmiy-nazariy fikrlari maqolada o‘z aksini topgan. Ingliz adabiyotida distopiyaning rivojlanishi va uning badiiy-estetik qiymati xususida maqola muallifi tomonidan ilmiy-nazariy munosabat bildirilgan. Tadqiqotni amalga oshirish uchun biografik, qiyosiy-tipologik, psixoanalitik, psixologik, madaniy-tarixiy, struktural tahlil usullaridan foydalanilgan. Maqolaning maqsadi ingliz adabiyotida distopik asarlarning yaratilishiga ta’sir qilgan omillar va ularning tarixiy evolyutsiyasini tadqiqqa tortish, shuningdek, hozirgi adabiy jarayonlarda distopik asar ilmiy fenomeni mohiyatini o‘rganishdan iborat.