“ANN VICKERS” ASARIDA SUFRAJIZM VA FEMINIZM G‘OYALARINING BADIIY IFODASI
Authors: AXMEDOVA AZIZA KOMILOVNA
Published: Aprel 24, 2024 • Vol. 7 Issue 1 • Views: 18
Maqolada yigirmanchi asr amerika romanchiligiga salmoqli hissa qo‘shgan yozuvchi Sinkler Lyuisning adabiy merosi tahlilga tortilgan. Xususan, yozuvchining 1933-yilda yaratilgan va yuksak e’tirofga sabab bo‘lgan “Ann Vikers” romani haqida qisqacha ma’lumot taqdim etilgan. Mazkur asarlarning bosh qahramoni Enn Vikers hamda u orqali tasvirlangan ijtimoiy muammolar – ayollarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, oila va kasb muvozanati, gender munosabatlari badiiy yoritilgan. Maqolada ushbu qahramonning badiiy o‘ziga xosliklari, Sinklair Lyuis ijodidagi ahamiyati tahlil qilingan. S. Lyuisning feminizm haqidagi qarashlari universalligi, gumanizm go‘yalarining davomi sifatida namoyon bo‘lishi bilan abadiyatga daxldor; asarlari esa, yuksak insonparvarlik g‘oyalarini aks ettirishi bilan qadrli ekanligi tahlil qilingan.