CODE -SWITCHIHG JARAYONI ILMIY IZLANISHLARINING BIOMETRIK TAHLILI
Authors: Kenjayeva Nigora Oʻktam qizi
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Globallashuv va migratsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida
ikki tilli va koʻp tilli shaxslar soni keskin ortib bormoqda. Bu holat
tilshunoslik, psixolingvistika va kognitiv psixologiya fanlarida kod
almashinuvi (code-switching) jarayonining bilingval shaxslarda
kechadigan psixolingvistik xususiyatlarini oʻrganishni dolzarb
vazifaga aylantirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi 2002-2025-
yillar oraligʻida “code-switching” jarayonining bilingval shaxslarda
kognitiv va psixolingvistik jihatlari boʻyicha olib borilgan ilmiy
izlanishlarning umumiy holatini, rivojlanish dinamikasi va asosiy
tendentsiyalarini bibliometrik usulda aniqlashdan iborat. Tadqiqotda
ScienceDirect ilmiy bazasidan “code-switching”, “bilingual”,
“switching costs” kalit soʻzlari boʻyicha jami 384 ta maqola tanlab
olinib, Excel dasturiy taʼminoti yordamida yillar, nashr turlari,
qoʻllanilgan metodlar, geografik taqsimot va yetakchi jurnallar
kesimida tahlil qilindi. Natijada sohada 2019-yildan boshlab keskin
oʻsish kuzatilgani, tadqiqotlarning asosiy qismi AQSh, Xitoy va
Yevropa mamlakatlarida olib borilgani, eng faol jurnallar qatorida
“Journal of Pragmatics” va “Language & Communication” turgani
aniqlandi. Ushbu tahlil kelgusida kod almashinuvi boʻyicha tadqiqot
olib boruvchi izlanuvchilar uchun yoʻnalish belgilash va mavjud
boʻshliqlarni aniqlashda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.