KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

KOREYS VA OʻZBEK TILLARIDA “SHAXS” KONSEPTINING LINGVO KOGNITIV TALQINI

Authors: Elmuratova Umida Mamadiyorovna

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Ushbu maqolada “shaxs (인간)” konseptining lingvokognitiv

talqini keng qamrovda lingvopoetik tahlil qilingan. Shaxs konsepti

inson tafakkuri, milliy dunyo qarashi va madaniy qadriyatlari bilan

bevosita bogʻliq boʻlgan kognitiv birlik sifatida izohlanib, leksik –

semantik, frazeologik, stilistik vositalarni anglashda lingvopoetik

tahlil jarayonida muammolar aniqlangan. Tadqiqotda oʻzbek va

koreys badiiy asarlari asosida shaxs konseptining milliy–madaniy

xususiyatlari, uning lingvopoetik ifodalanish vositalari, shuningdek,

axloqiy va ruhiy qatlamlari ochib berish orqali tahlil qilish zarurligi

ilmiy asoslab berilgan. Bunday yondashuv kognitiv tilshunoslik

nuqtayi nazaridan shaxs konseptini til, tafakkur va madaniyatlar

oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni koʻrsatadi. Maqolada konseptual tahlil,

qiyosiy–lingvopoetik hamda kognitiv–semantik metodlar asosida

tadqiqot olib borilgan. Natijada shaxs konsepti insonning individual

va ijtimoiy mohiyatini, axloqiy qadriyatlarini, milliy oʻzligini

ifodalovchi markaziy semantik birlik sifatida talqin qilinadi. Oʻzbek

va koreys badiiy matnlarida ushbu konsept milliy mentalitet,

dunyoqarash va qadriyat tizimiga xos boʻlgan metaforik va

emotsional vositalar orqali ifodalanadi. Shu bilan birga talabalar

koreys badiiy asarlarni tahlil qilish jarayonida asosiy gʻoyalarni

ajratib olishi, turli maʼno qismlarini anglashi, hamda ularni oʻzbek

badiiy asrlari bilan qiyosiy oʻrganishda semantik va estetik qatlam

larini chuqurroq anglash imkonini beradi.