KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

DETAL OBRAZLARDA RAMZ KATEGORIYASI (NAZAR ESHONQUL VA XORXE LUIS BORXES ASARLARI MISOLIDA)

Authors: Davletova Shalolа Bahodir qizi

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyoti vakillaridan biri Nazar

Eshonqul hamda argentinalik yozuvchi Xorxe Luis Borxes ijodida

detal obrazlar orqali ramziylikning badiiy–estetik ifodasi tahlilga

tortiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi detalning obrazlar tizimda

tutgan oʻrni, uning ramzga aylanish jarayoni va shu orqali

yozuvchilar ijodidagi falsafiy, ruhiy va metafizik maʼnolarning ochib

berilishidir. Har ikki yozuvchi asarlarida detal oddiy badiiy vosita

sifatida emas, balki insonning ichki olamini, dunyoni anglashdagi

murakkab ziddiyatlarini aks ettiruvchi ramziy kod sifatida ishlatiladi.

Nazar Eshonqul asarlarida detal obrazlar Sharq tafakkurining ruhiy

chuqurligini ifodalab, insonning ruhiy iztirobi, oʻzlikni anglash istagi

va abadiyat bilan toʻqnashuvini ramziy shaklda ochib beradi. Xorxe

Luis Borxes esa asarlarida detal orqali gʻarb falsafasining asosiy

gʻoyalarini, yaʼni bilishning cheksizligi, haqiqatning noaniqligi va

inson tafakkurining chegarasizligini ifodalaydi. Maqolada,

shuningdek, Nazar Eshonqul va Borxes ijodidagi ramziy tafakkur

oʻxshashliklari va farqlari tahlil qilinadi. Gʻarbning intellektual

ramziyligi bilan Sharqning ruhiy ramziyligi bir nuqtada insonni va

uning mavjudlikdagi mohiyatini anglashda tutashadi. Detal obrazlar

bu jarayonda insoniy ong va badiiy idrokni birlashtiruvchi falsafiy

koʻprik vazifasini bajaradi. Tadqiqotda adabiy detalning semantik

imkoniyatlari, timsollar tizimi hamda estetik va gʻoyaviy funksiyalari

aniqlanadi.