OʻZBEK TILIDA TAʼLIM MAVZUSIDAGI REKLAMA MATNIDA PERLOKUTSIYA VA ILLOKUTSIYANING IFODALANISHI
Authors: Atanazarova Shoxida Baxramovna
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Maqolada oʻzbek tilidagi taʼlim yoʻnalishidagi reklama diskursida
illokutiv va perlokutiv nutq aktlarining namoyon boʻlish
xususiyatlari kommunikativ-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil
qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi reklama matnlarida soʻzlovchi
niyati (illokutsiya) va tinglovchida yuzaga keladigan natijaviy taʼsir
(perlokutsiya) oʻrtasidagi dialektik munosabatni ochib berishdan
iborat. Ishda taʼlim reklamalariga xos boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri
harakatga chorlash, natija vaʼdasi, metodikaga ishonch va
shoshilinchlik hissini uygʻotish kabi illokutiv xususiyatlar tadqiq
etiladi. Auditoriyaga koʻrsatiladigan perlokutiv taʼsir esa hissiy,
kognitiv va xulq-atvorga oid oʻzgarishlar misolida koʻrib chiqiladi.
Tahlil jarayonida emotsional-baholovchi leksika, undov va buyruq
shakllari hamda modal birliklarning pragmatik imkoniyatlari turli
reklama namunalari asosida dalillanadi. Ushbu lisoniy vositalar
isteʼmolchida ishonch uygʻotish, motivatsiyani shakllantirish va
qaror qabul qilishga undash kabi strategik vazifalarni bajarishi
aniqlangan. Tadqiqotdan olingan xulosalar taʼlim sohasida samarali
reklama strategiyalarini ishlab chiqish, auditoriya bilan interaktiv
muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda reklama tilining pragmalingvistik
tabiatini chuqurroq anglashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.